"Yosh" estrada loyihasi

22 Jan, 2026 - 09:49
13
"Yosh" estrada loyihasi

Qoraqalpog‘iston Respublikasi Madaniyat vazirligi iqtidorli yoshlarimiz orasida katta qiziqish uyg‘otgan "Yosh" estrada loyihasining 3-mavsumiga start beradi.

O‘z iste’dodini yuzaga chiqarishni istagan estrada san’atida o‘z o‘rniga ega bo‘lishni maqsad qilgan va estrada janrida qo‘shiq aytishga qiziquvchi 18 yoshdan 30 yoshgacha bo‘lgan iste’dodli yoshlarimizni shu yilning 28-yanvar kuni soat 10:00 da Qoraqalpog‘iston san’at saroyida bo‘lib o‘tadigan "Yosh" estrada loyihasining 3-mavsumi uchun o‘tkaziladigan kastingda kutamiz.
 

Iqtidoringizni ro‘yobga chiqaring, kastingda ishtirok eting va loyihamiz ishtirokchisiga aylaning!

Loyiha g‘oliblarini qimmatbaho sovg‘alar va yangiliklar kutmoqda.

Qo‘shimcha ma’lumot uchun: +998 93 360 72 27

"Yosh" - sening imkoniyating!

Qoraqalpog'iston Respublikasi

Madaniyat vazirligi

Rasmiy sahifa



Biz bilan aloqa

  • 230103, Nukus shahri, A. Dosnazarov ko‘chasi, 62
  • 61-22-93-21
  • min.kultura@exat.uz
  • Ish vaqti:
    Dúy. - Jum. 09:00 - 18:00
Topilgan xatoni izohlash