"MUHABBAT SAMALI" MUSIQALI KOMEDIYASINING PREMYERASI BO‘LIB O‘TDI
10 Sep, 2026 - 09:32
8
MUHABBAT SAMALÍ
Berdaq nomidagi Qoraqalpoq davlat akademik musiqali teatrida yozuvchi K.Raxmanov qalamiga mansub "Muhabbat samalı" musiqali komediyasining premerasi bo‘lib o‘tdi.
Spektaklda muhabbat va insoniy munosabatlar bilan bir qatorda, yoshlarning zamonaviy hayotdagi o‘rni, tadbirkorlik faoliyatini yo‘lga qo‘yishi, mustaqil kasb va faoliyat yo‘lini tanlashi, shuningdek, o‘z salohiyati va imkoniyatlarini ro‘yobga chiqarishi kabi muhim ijtimoiy masalalar aks ettirilgan.
Musiqali komediyada bu mavzular sahna voqealari, musiqiy ijrolar va yumor orqali tomoshabinlarga taqdim etildi.
Spektakl: "Muhabbat samalı" - musiqali komediya.
Muallif: K. Raxmanov
Kompozitor: Q. Zaretdinov
Sahnalashtiruvchi rejissyor: S. G‘aniyeva