DIQQAT, KASTING!
02 Feb, 2026 - 20:38
13
DIQQAT, KASTING!
Qoraqalpog‘iston Respublikasi Madaniyat vazirligi vazirlik qoshida "Boshlang‘ichlar maktabi" tashkil etilayotganligini ma’lum qiladi va maktabning dastlabki ishtirokchilarini tanlab olish maqsadida kasting e’lon qiladi.
Kastingda 18 yoshdan 35 yosh oralig‘idagi qoraqalpoq, o‘zbek tillarida erkin so‘zlasha oladigan (rus, ingliz tillarini bilish ustuvorlik qiladi), davlat tadbirlari, bayram tantanalari, konsert dasturlari bilan birgalikda turli madaniy-ommaviy tadbirlarda boshlovchilik qilishni xohlovchilar ishtirok etishi mumkin.
Kasting 11-fevral kuni soat 10:00 da poytaxtimizdagi Qoraqalpoq davlat Yosh tomoshabinlar teatrida bo‘lib o‘tadi.
Iste’dodingizni ro‘yobga chiqaring, professional boshlovchilar safidan joy oling!
Qo‘shimcha ma’lumot uchun telefonlar: +99888 560-54-04; +99895 384-11-22