⚡️XUSH XABAR
05 Aug, 2026 - 16:07
12
⚡️XUSH XABAR
Joriy yilning 25-30 iyul kunlari Qirg‘iziston Respublikasida bo‘lib o‘tgan "Yetti-O‘g‘uzda mintaqaviy havaskorlar - 2026" xalqaro tanlov-festivalida Nukus shahridagi Opera san’atiga ixtisoslashtirilgan maktab-internati o‘quvchisi Xurzada Ayapbergenova Gran-pri mukofotini qo‘lga kiritdi.
Bu yutuq unga 2026 yilning noyabr oyida Ozarbayjon Respublikasining Boku shahrida o‘tkaziladigan Xalqaro tanlov-festivalda ishtirok etishga yo‘llanma berdi.