⚡️Qoraqalpog‘iston Respublikasi delegatsiyasi Vengriyaning Bugac shahrida
16 Aug, 2026 - 23:07
12
⚡️Qoraqalpog‘iston Respublikasi delegatsiyasi Vengriyaning Bugac shahrida
Qoraqalpog‘iston Respublikasi Jo‘qorg‘i Kengesining qo‘mita raisi M.Atamuratov va Qoraqalpog‘iston Respublikasi Madaniyat vaziri Begis Temirbayev boshchiligidagi delegatsiya a’zolari Vengriyaning Bugac shahrida o‘tkazilayotgan "Turkiy tilli xalqlar qurultoyi" Xalqaro madaniy tadbirida ishtirok etmoqda.
Tadbirda Qoraqalpog‘iston Respublikasi delegatsiyasi tarkibida yurtimizga mashhur san’at ustalari va madaniyat xodimlari ham ishtirok etib, qoraqalpoq xalqining boy madaniy merosi, milliy qadriyatlari, an’analari va san’atini xalqaro maydonda namoyish etib kelmoqda.
Ushbu madaniy tadbir xalqlar o‘rtasidagi do‘stlik va hamjihatlikni mustahkamlash, o‘zaro madaniy almashinuvni rivojlantirish va yangi ijodiy hamkorlik aloqalarini yo‘lga qo‘yishda muhim ahamiyat kasb etadi.