Aziz yurtdoshlar! Qadrli madaniyat va san’at ahli!

01 Sep, 2026 - 14:42
14
Aziz yurtdoshlar! Qadrli madaniyat va san’at ahli!

Aziz yurtdoshlar! Qadrli madaniyat va san’at ahli!

Barchangizni qalbimiz uchun eng buyuk qadriyat — Vatanimiz mustaqilligining 35 yilligi bilan samimiy muborakbod etaman!

Mustaqillik, eng avvalo, o‘zligimizni anglash, milliy g‘ururimizni yuksaltirish va bebaho merosimizni kelajak avlodlarga yetkazish imkonidir. Shu ma’noda, madaniyat va san’at xalq qalbini birlashtiradigan, Vatanga muhabbat va milliy qadriyatlarga sadoqat tuyg‘ularini avloddan avlodga olib o‘tadigan beqiyos kuchdir.

Bugun yurtimizning qadimiy va boy madaniy an’analarini asrab, ularni yangi mazmun va zamonaviy ijodiy izlanishlar bilan boyitayotgan ijodkorlarimizning mehnati alohida ahamiyat kasb etmoqda. Sahna va ijod maskanlarida, muzey va kutubxonalarda, madaniyat markazlari va san’at ta’limi muassasalarida faoliyat yuritayotgan fidoyi insonlar xalqimizning ma’naviy hayotini yuksaltirishdek sharafli vazifani sidqidildan ado etmoqdalar.

Ayniqsa, elimizning o‘ziga xos va betakror madaniy muhiti, qadimiy an’analari, folklori, musiqa va san’ati milliy madaniyatimizning ajralmas va bebaho qismidir. Bu boylikni asrab-avaylash, uni keng targ‘ib etish va yosh avlodga yetkazish yo‘lida mehnat qilayotgan barcha soha vakillariga chuqur minnatdorlik bildiraman.

Bugungi bayram bizni nafaqat erishilgan yutuqlardan quvonishga, balki kelajak oldidagi mas’uliyatimizni yanada chuqurroq anglashga chorlaydi. Ishonchim komilki, madaniyat va san’at ahli bundan buyon ham o‘zining iste’dodi, bilim va mahorati bilan yurtimizning ma’naviy taraqqiyotiga munosib hissa qo‘shadi.

Qadrli do‘stlar!

Sizlarni yana bir bor Mustaqilligimizning o‘ttiz besh yillik bayrami bilan chin dildan tabriklab, yangilanayotgan yurtimizdagi ulkan o‘zgarishlar, taraqqiyot va ravnaq yo‘lida amalga oshirayotgan ezgu ishlaringizda muvaffaqiyatlar tilayman.

Mustaqilligimizning 35 yilligi muborak bo‘lsin!
Begisbay Temirbaev,
Qoraqalpog‘iston Respublikasi madaniyat vaziri

Qoraqalpog'iston Respublikasi

Madaniyat vazirligi

Rasmiy sahifa



Biz bilan aloqa

  • 230103, Nukus shahri, I. Karimov ko‘chasi, 109
  • 55-110-39-50
  • min.kultura@exat.uz
  • Ish vaqti:
    Dúy. - Jum. 09:00 - 18:00
Topilgan xatoni izohlash