Yoshlar kuni
02 Apr, 2026 - 21:10
14
Yoshlar kuni
Muhtaram Prezidentimizning 2026 yil 24 fevral kuni Ko‘ksaroy qarorgohida bo‘lib o‘tgan yoshlar bilan uchrashuvida har haftaning payshanba kuni barcha vazirlik, idora va hokimliklarda "Yoshlar kuni" deb belgilangan edi.
Ushbu tadbirlar doirasida bugun Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi Raisining o‘rinbosari R.Zarikeev, Madaniyat vaziri B.Temirbaev va O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi Qoraqalpog‘iston bo‘limi boshlig‘i K.Karimovlar Ellikqal’a tumanidagi bir guruh yoshlar bilan uchrashib, ularning fikr va takliflarini tingladi.