Yoshlar kuni
02 Jul, 2026 - 16:07
13
Yoshlar kuni
Muhtaram Prezidentimizning 2026 yil 24 fevral kuni Ko‘ksaroy qarorgohida bo‘lib o‘tgan yoshlar bilan uchrashuvida har haftaning payshanba kuni barcha vazirlik, idoralar va hokimliklarda "Yoshlar kuni" deb belgilangan edi.
Ushbu tadbirlar doirasida bugun
Kegayli tumani 31-sonli Madaniyat markazida tumanlik Madaniyat bo‘limi boshlig‘i S.Xojanov madaniyat sohasidagi bir guruh yoshlar bilan uchrashib, ularning fikr va takliflarini tingladi.
Uchrashuv davomida yoshlarning fikr va takliflari tinglanib, kitobxonlik madaniyatini rivojlantirish, kitob almashish, kitob klublarini tashkil etish hamda audiokitob va elektron kutubxonalardan foydalanishni kengaytirish masalalari muhokama qilindi. Tadbir yakunida yoshlarni kitob mutolaasiga yanada qiziqtirish maqsadida ularga kitoblar sovg‘a qilindi.